Yakkabog‘lik hokim o‘rinbosari va uni yoqib yuborgan tadbirkor ustidan sud boshlandi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2019
5618Bugun, 17 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur To‘ymayevning yuz qismiga benzin sepib, uni yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomovga nisbatan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud ishi boshlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida sudlanuvchilar:
Bahriddin Isomov (1963 yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, oilali, muqaddam sudlanmagan, “Hisor sarlochin” MCHJ da ishchi bo‘lib ishlagan)
Mansur Tuymayev (1976 yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Yakkabog‘ tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.
Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi raisi Lutfulla Mamarajabov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.
Bahriddin Isomov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,98-moddasi (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Mansur To‘ymayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi (xususiy mulk huquqini buzish) 3-qismi “a” bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sud davomida 15 dan ortiq jabrlanuvchi va 60 dan ziyod guvoh so‘roq qilinadi.
Sud jarayoni davom etmoqda.
Keyingi sud majlisi 25 sentyabr kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi