Yakkabog‘da stadion “dom” qurish uchun noqonuniy sotib yuborilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hududidagi futbol maydoni auksion orqali noqonuniy sotib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Yakkabog‘ tumani “Ayg‘irko‘l” MFY hududidagi bo‘sh turgan 0,38 gektar yer uchastkasi amaldagi qonun talablariga zid ravishda “Yer elektron avtomatlashtirilgan axborot tizimi” dasturi orqali sotib yuborilgan.

Xususan, “Ayg‘irko‘l” MFY hududida 5 qavatli turar-joy massivi qurilishi bo‘yicha taklif mutassaddi idoralarning roziligi va aholi tomonidan ijtimoiy maqsadlarda foydalanib kelinayotganligi inobatga olinmasdan, “Yer elektron avtomatlashtirilgan axborot tizimi” dasturiga ushbu yer uchastkasida ko‘p qavatli turar-joy qurish haqida taklif kiritilgan.

O‘rganish davomida mazkur hudud Vazirlar Mahkamasining 26.12.2018 yildagi 1050-sonli va 11.12.2019 yildagi 981-sonli qarorlari talablari asoson, 10kV Oybek havo liniyasini muhofaza zonasida ekanligi, drenaj o‘tganligi sababli ko‘p qavatli bino qurish mumkin emasligi aniqlangan.

Ushbu hudud tadbirkorlar tomonidan auksion orqali sotib olinishi oqibatida, ularning manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing