Yaqinlashayotgan dam olish kunlarida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
29 avgust 2019
5722Yoz fasli ham oxirlab qoldi. Ob-havo ham o‘zgara boshladi. Gidrometeorologiya xizmati 31 avgust-3 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 17-22 m/sgacha kuchayishi mumkun, bazida esa 23-25 m/sgacha kuchayadi. Harorat kechasi 31 avgustda +12...+17 daraja, 1-3 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi 31 avgust-2 sentyabrda +22...+27 daraja, 3 sentyabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkun. Harorat 31 avgustda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +27...+32 daraja, 1-3 sentyabrda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 31 avgustda +15...+20 daraja, 1-3 sentyabrda +12...+17 daraja, kunduzi 31 avgustda +27...+32 daraja, 1-2 sentyabrda +23...+28 daraja, 3 sentyabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 31 avgustda +15...+20 daraja, 1-3 sentyabrda +13...+18 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkun. Harorat 31 avgust-1 sentyabrda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja, 2-3 sentyabrda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, 31 avgustda va 3 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1-2 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkun. Harorat 31 avgustda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja, 1-3 sentyabrda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.