Yaqini ortidan kelganlar nega aeroportga kiritilmasligi aytildi
Jamiyat
−
22 dekabr 2021
15173O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarga yaqinlarini kutayotgan yoki kuzatayotgan odamlarni kiritish uchun hozircha yetarli sharoit yo‘q. Bu haqda bugun, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Uzbekistan Airports” AJ direktori Ra’no Jo‘rayeva QALAPMIR.UZ savoliga javob berib, ma’lum qildi.
“Hukumat qaroriga ko‘ra, ayni vaqtda xorijdan uchib kelgan yoki ketayotganlarni yoniga chiqqan yaqinlari aeroport binosiga kirishi taqiqlanadi. Ammo islohotlar natijasida yangi texnologiyalar joriy etilayotgani, yo‘lovchilarning transport xavfsizligi yuqori darajada ta’minlanayotgani bois mazkur farmonni sekin-sekin bekor qilmoqchimiz”, dedi Ra’no Jo‘rayeva.
Kompaniya direktorining ta’kidlashicha, nafaqat Vazirlar Mahkamasi qarorini bekor qilish balki odamlarning yaqinlarini kuzatishi va kutib olishi uchun zamon talabiga javob beradigan shart-sharoitlar ham yaratish kerak.
“Ayni vaqtda odamlarni binoga kirishiga ruxsat berishimiz uchun yetarlicha sharoit yo‘q. Agar biz ushbu farmonni bekor qilib, odamlarni kirishiga ruxsat bersak, yana pandemiya avj olishiga yo‘l qo‘yishimiz mumkin. Shuning uchun aeroportlarni rekonstruksiya qilish, yangi terminallar qurish, odamlar kutishi uchun hududlarni kengaytirish, maxsus kutish xonalari, ovqatlanish punktlari va boshqa zarur qulayliklarni yaratish ko‘zda tutilgan”, dedi Ra’no Jo‘rayeva.
LiveBarchasi