Yaqin Sharqda Isroilning qo‘li yetmaydigan joy yo‘q – Netanyaxu
Olam
−
27 Sentabr
8646Eronda Isroilning uzun qo‘li yeta olmaydigan joy yo‘q. Va bu butun Yaqin Sharqqa tegishli. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bugun, 27 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida so‘z ochdi.
Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasidagi chiqishi boshlanish arafasida ko‘plab delegatsiyalar o‘z o‘rnini tark etdi. Netanyaxu Isroil uni yo‘q qilinishini istagan "vahshiy dushmanlar" oldida o‘z hayoti uchun kurashayotganiga qaramay, “tinchlik”ka intilayotganini aytdi.
“Mening mamlakatim “urush”da o‘z hayoti uchun kurashmoqda. Biz bu “vahshiy qotillar”dan o‘zimizni himoya qilishimiz kerak. Dushmanlarimiz nafaqat bizni yo‘q qilishga, balki umumiy sivilizatsiyamizni vayron qilishga va barchamizni zulm va terror asriga qaytarishga intilmoqda", deydi Isroil Bosh vaziri.
Netanyaxu Isroil Livan janubidagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh” harakati pozitsiyalariga zarba berishda davom etar ekan, hujumlar keng qamrovli mintaqaviy urushga olib kelishi mumkinligidan “xavotirda”. U, shuningdek, o‘z nutqida rasmiy Tehronga tahdid qilish bilan birga, mintaqadagi mojaro uchun aybni Isroilning asosiy dushmani Eronga yuklashga harakat qildi.
"Eronda Isroilning uzun qo‘li yeta olmaydigan joy yo‘q. Bu butun Yaqin Sharqqa tegishli”, deydi Isroil Bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan HAMAS harakati taslim bo‘lib, qurollarini tashlab, qo‘lga olingan garovdagilarni qaytarsa, G‘azodagi urush tugashi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Isroil 23 sentyabr kuni Livanning janubiy va sharqiy qismlarida ham “Shimoliy o‘qlar” deb nomlangan yangi yirik bosqinni boshladi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu hujum oqibatida qurbonlar soni 1,500 dan oshganini ma’lum qildi. Mazkur voqeadan bir muddat ilgari, 17-18 sentyabr kunlari Livanda peyjerlar va ratsiyalar portlashlari sodir bo‘lib, 37 nafar odam halok bo‘ldi va 3500 ga yaqin kishi jarohatlandi. Netanyaxu idorasi esa Livandagi “Hizbulloh” harakati bilan sulh muzokaralari olib borgani haqidagi OAV xabarlarini rad etib, Bosh vazir AQSH va Fransiya tomonidan mazkur masala yuzasidan taqdim etilgan takliflarga javob bermaganini ta’kidladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr