Yagona elektron kooperatsiya birja portali tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda “Yagona elektron kooperatsiya birja portali” tashkil etiladi. Bu haqda kecha, 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytilgan. 

Videoselektorda sanoat sohasidagi kichik biznes sub’ektlari va yirik korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini keng yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlangan. 

Masalan, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmoqlari o‘rganilganda tadbirkorlik sub’ektlari va yirik sanoat korxonalari o‘rtasida kooperatsiya deyarli yo‘qligi, oqibatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va butlovchi qismlar import qilinayotgani ma’lum bo‘lgan. Achinarlisi, ayrim sanoat korxonalari kichik ishlab chiqaruvchilar u yoqda tursin, xaridorlar talabi bilan ishlashni ham bilmaydi. 

Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga o‘nta yirik sanoat tarmog‘i, jumladan, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, avtosanoat korxonalari bilan kichik biznes o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kooperatsiya yarmarkalari o‘tkazish, mahsulot va xizmatlar o‘z egasini topishi uchun “Yagona elektron kooperatsiya birja portali”ni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yagona elektron kooperatsiya birja portali

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar