Yagona elektron chipta sotish milliy tizimi davlat raqobat siyosati yo‘nalishlariga zid – Qo‘mita

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yagona elektron chipta sotish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan e’tiroz bildirildi. https://antimon.gov.uz/uzb/chipta-sotish-tizimini-joriy-jetish-to-g-risidagi-loyihaning-raqobatga-tasiri-baholandi-2

Qo‘mita tomonidan hozirgi kunda respublikada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (e-ticket.railway.uz), “Uzbekistan Airwaus” AJ (uzairways.online), “O‘zavtovokzal servis” DUK (avtoticket.uz) tomonidan onlayn chiptalar sotish, shuningdek, internet tarmoqlari orqali kino, teatr, konsert va sport tadbirlari uchun (iticket.uz va myticket.uz) onlayn chiptalar sotish yo‘lga qo‘yilgan va samarali faoliyat yuritayotganligi qayd etilgan.

“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqib, bu sohada xususiy tadbirkorlik faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va soha jadal rivojlanib borayotganligini inobatga olib, qo‘shimcha yangi davlat ishtirokidagi korxona tashkil etish maqsadga muvofiq emasligi bildirildi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, loyihada barcha mavjud chipta sotish axborot tizimlarini yaratilayotgan yangi Portal bilan majburiy integratsiyalashni ta’minlash topshirilgan. Ushbu talab ham “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga zid bo‘lganligi sababli chipta sotish axborot tizimlarini ixtiyoriylik asosida Portal bilan integratsiyalashi mumkinligini ko‘zda tutish lozimligi xulosasi berilgan.

“Shulardan kelib chiqqan holda, qaror loyihasidagi ayrim normalar yuqorida ko‘rsatilgan davlat raqobat siyosati yo‘nalishlariga zid ravishda kiritilganligi sababli mazkur normalarni qayta ko‘rib chiqish va operatorni belgilashni raqobat tamoyilari asosidagi tartibotlar (tanlov, tender) orqali amalga oshirilishi taklif etildi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
 


Maqola muallifi

Teglar

Monopoliyaga qarshi kurash qo'mitasi

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar