Yadro urushi ehtimolidan qo‘rqmaslik kerak – Zelenskiy

Olam

image

Yadroviy urush ehtimolidan qo‘rqish kerak emas. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Chexiya televideniyesiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

“Ishonchim komil emas, baho berishni xohlamayman. Fikrimcha, bundan qo‘rqish kerak emas, Rossiyadan qo‘rqish kerakmas”, deydi Zelenskiy yadro urushi mumkinmi, degan savolga javoban.

O‘tgan hafta Prezident Vladimir Putin Moskva hech qachon yadro qurolidan foydalanish haqida hech qanday tashabbus bildirmaganini aytgandi.

Shu bilan birga, Rossiya Ukrainani “iflos bomba” bilan provokatsiya uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblab kelyapti. Rasmiy Kiyev esa bunday iddaolarni qat’iyan rad etyapti.

"Iflos bomba" – bu radioaktiv izotop va portlovchi vositalar bilan zaryadlangan konteyner. Portlash paytida radioaktiv modda zarba to‘lqini bilan sochiladi va katta maydonda ifloslanish hosil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

334

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing