Yadro urushi 5 milliardgacha odamni yo‘q qilishi mumkin

Olam

image

Keng ko‘lamli yadro mojarosida 360 million kishi portlash oqibatida halok bo‘lishi mumkin, biroq yana 5 milliardga yaqin inson global ekologik fojia qurboni bo‘lish ehtimoli bor. Bu haqdagi tadqiqotni “News mail” e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, yadro portlashlari oqibatida havoga chiqarilgan 165 million tonnadan ortiq qora tutun Yer atmosferasida tarqaladi va bu “yadro qishi” deb ataladigan xavfli iqlim o‘zgarishiga olib keladi. Quyosh nuri kamayadi, havo harorati keskin pasayadi, oqibatda qishloq xo‘jaligi butunlay izdan chiqadi, oziq-ovqat ishlab chiqarish to‘xtaydi.

Olimlarning fikricha, faqat Avstraliya va Yangi Zelandiya geografik izolyatsiyasi, barqaror iqlimi va okean oqimlari bilan himoyalanganligi sababli relyativ xavfsiz hudud bo‘lib qolishi mumkin. Bu davlatlarda qishloq xo‘jaligini saqlab qolish va uzoq muddatli yashash imkoniyati yuqoriroq bo‘ladi. Boshqa barcha mamlakatlar esa jiddiy oziq-ovqat tanqisligiga duch keladi. Omon qolgan insonlar ekstremal hayot sharoitlariga moslashishga majbur bo‘ladi – yer ostida yashash, cheklangan usullar bilan oziq-ovqat topish va kun kechirishga o‘tishadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyo yangi yadroviy qurollanish pallasiga kirayotgani haqida xabar berilgan edi. 2025 yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra, dunyoda jami 12 241 ta yadroviy jangovar kallak mavjud bo‘lib, ularning taxminan 9 614 tasi harbiy omborlarda joylashgan va qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan holatda saqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yadro mojarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar