Yadro qurollaridan foydalanish xavfi eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi – SIPRI

Olam

image

Hozirda dunyoda yadro qurolidan foydalanish xavfi “sovuq urush” davridan beri eng yuqori nuqtasiga yetdi. Bu haqda Stokgolm Tinchlik Tadqiqot Instituti (SIPRI) direktori Den Smit tashkilotning qurollanish holati haqidagi yillik hisobotida aytib o‘tgan.

"O‘tgan yili yadroviy qurollarni nazorat qilish va yadroviy qurolsizlanish sohasida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, yadro qurolidan foydalanish xavfi hozir “sovuq urush” avj olgan paytdan beri eng yuqori darajpsiga yetdi", deydi SIPRI direktori.

Tashkilot hisobotida aytilishicha, to‘qqizta yadroviy davlat o‘z yadro arsenallarini modernizatsiya qilishda davom etmoqda, “yadro qurollarining umumiy soni 2021 yilning yanvaridan 2022 yilning yanvarigacha biroz kamaygan bo‘lsa-da, biroq keyingi o‘n yillikda u ko‘payishi mumkin”.

2022 yil boshida 12 705 ta jangovar kallakdan 9 440 tasi  foydalanish uchun harbiy zaxirada bo‘lgan. Ulardan qariyb 2000 tasi, deyarli barchasi Rossiya yoki AQSHga tegishli, harbiy shay holatga keltirilgan.

Beshlikning (BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari) barcha a’zolari (Xitoy, Fransiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQSH) yadro arsenallarini kengaytirish yoki modernizatsiya qilishda davom etmoqda va o‘zlarining harbiy strategiyalarida yadro qurolining ahamiyatini oshirayotganga o‘xshaydi. Rossiya hatto Ukrainadagi urush kontekstida yadro qurolidan foydalanishi mumkinligi bilan ochiq tahdid qildi.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Qo‘shma Shtatlar birgalikda dunyodagi barcha yadro qurollarining 90 foizdan ortig‘iga egalik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

902

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing