YHXBB “prava” olishni xohlovchi fuqarolarni jiddiy ogohlantirdi
Jamiyat
−
29 dekabr 2021
20366Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilik guvohnomasini olish istagidagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Unda YHXBB fuqarolar haydovchilik guvohnomasini olish uchun belgilangan yosh me’yorlariga rioya qilgan holda, haydovchilarni tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalariga istalgan vaqtda borib, shartnoma tuzib o‘qishi mumkinligini ta’kidlagan.
“Ammo o‘qish vaqtida mashg‘ulotlarga qatnashmasdan, o‘qimasdan vaqt o‘tkazish endilikda o‘zingizga zarar. Chunki, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 272-son qaroriga muvofiq, endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan nazariy va amaliy imtihonlar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan inson omili cheklangan, avtomatlashtirilgan avtodromda va imtihon olish xonalarida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ushbu tizim inson omili to‘liq cheklangan, avtomatlashtirilgan dastur yordamida haydovchilikka nomzodlarni o‘quv muassasiga kelib ketishlarini, darslarda va mashg‘ulotlarda qatnashishlarini, ichki imtihonlardan o‘tgan yoki o‘tmaganliklarini to‘liq nazoratini amalga oshirib, yakuniy nazariy va amaliy imtihonlarga ruxsat beradi”, deyiladi idora murojaatida.
YHXBB imtihonlardan o‘tish uchun birgina imkoniyat – yaxshi o‘qish, yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘zlashtirish va avtomototransport vositasini boshqarishni mukammal o‘rganish ekanini eslatgan.
“Kerakli malakaga ega bo‘lmasdan, korrupsion yo‘llar orqali haydovchilik guvohnomasini olish haqida o‘ylash endilikda ilojsiz va noto‘g‘ri qaror ekanligi haqida ogohlantiramiz.
Shuni inobatga olib, yana bir bor haydovchilik huquqini olish masalasiga jiddiy e’tibor qaratishingizni va o‘z ustingizda doimiy tarzda ishlashingizni, haydovchilarni tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalari ma’muriyatidan esa, o‘z o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini puxta va amaliy mashg‘ulotlarda avtotransport vositasini mukammal boshqarishga o‘rgatishlarini so‘raymiz”, deyiladi murojaatda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15