YHXBB “fara”lar masalasiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi “Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan avtomototransport vositalarining old chiroqlarini kunning yorug‘ vaqtida ham yoqib yurish majburiy etib belgilangangani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ushbu masala yuzasidan izoh berdi. 

“Haqiqatdan ham, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 138-bandida “Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart”ligi belgilangan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi "Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 460-son qarori 2-bandida 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘rsatilgan”, deyiladi axborotda.

Xabarga ko‘ra, ushbu masala yuzasidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining o‘z fikr mulohazalari mavjud bo‘lib, tegishli takliflar tayyorlangan va ushbu yo‘nalishda chora-tadbirlar belgilanmoqda.

“O‘ylaymizki, belgilanayotgan chora-tadbirlar xalq manfaatlariga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

670

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing