YHXB jarima ma’lumotlar bazasi kiberhujumga uchrab, o‘chib ketdimi? IIV izoh berdi
Jamiyat
−
16 noyabr 2021
15928Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l qoidasini buzgan haydovchilar va jarimalar saqlanuvchi elektron baza xakerlik hujumi natijasida o‘chib ketgani haqida audiolar tarqalmoqda. Unda jarimalar bazasi o‘chib ketgani uchun ko‘chalarda reyd tadbirlarini o‘tkazish ko‘paygani aytilgan.
Mazkur audioxabarlar yuzasidan izoh olish uchun Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov bilan bog‘landik. U ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.
“Mutlaqo bo‘lmagan gap. Bugungi texnologik zamonda buning imkoni yo‘q. Elektron baza bir emas, bir nechta nusxada, turli serverlarda saqlanadi”, dedi Shohruh G‘iyosov.
Vazirlik vakili ba’zi blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarning faollari O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlarni buzib, turli tekshirilmagan, noxolis va umuman yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishni davom etayotganini ta’kidladi.
LiveBarchasi