YHXB inspektoriga 300 dollar pora bergan fuqaro qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektoriga 300 dollar bergan fuqaro qo‘lga tushdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29 mart kuni fuqaro T.I Qo‘qon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining YHXB inspektori O.I.ga murojaat qilib, o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan chora ko‘rmaslik evaziga 400 AQSH miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Fuqaroga inspektor tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan u pora taklif qilishda davom etgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi, Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi hamda Qo‘qon shahar IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T.I. YHXB inspektori O.I.ga 300 AQSH dollari miqdoridagi pulni xizmat xonasiga kelib, pora tariqasida bergan vaqtida ushlangan.

Ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Qo‘qon shahar prokuraturasiga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing