YHQni qasddan buzgan haydovchilarga jinoiy javobgarlik belgilanadi

3-sahifa

image

Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi“da keltirilgan.

Konsepsiyaga ko‘ra, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish va istirohat bog‘lari, xiyobonlar hamda bozorlarda jamoat tartibini saqlash Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

2022–2023 yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo‘linmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o‘tash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etiladi. 2022 yil 1 martgacha kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etiladi.

2022 yil 1 maygacha ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimi joriy etiladi.

2024 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahar ichki ishlar organlari, 2025 yil 1 sentyabrdan qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik ma’lumotga ega xodimlar tayinlanadi.

Shuningdek, farmon bilan 2022–2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiyaga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

•  yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga transportni boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilishga oid jinoiy javobgarlik kiritiladi;

•  har 5 ta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskani namunaviy loyiha asosida tashkil etiladi;

•  “Jinoyat o‘choqlari” bo‘lgan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing