“Xon Saroy” mutlaq chempionga 30 mln so‘mlik pul mukofoti topshirildi

Biznes

image

22 avgust kuni jahon bodibilding va jismoniy sport federatsiyasi qoidalariga ko‘ra Bodibilding va Fitnes bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqa O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi.

Tadbirda bosh homiy sifatida ishtirok etgan "Xon Saroy" qurilish kompaniyasi, yurtimiz sporti rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida mutlaq chempion uchun 30 000 000 so‘m pul mukofoti ajratdi va ushbu bosh sovrin hakamlar hay’ati kuzatuvlari ostida bo‘lib o‘tgan musobaqa so‘ngida o‘z egasiga tantanali ravishda topshirildi.

"Xon Saroy" kompaniyasi yurtimizda sport yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan har bir harakat va shu kabi musobaqalarga befarq emas hamda ular o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatayotganidan quvonadi. Tadbir bosh homiysi nafaqat milliy chempionatlarimizda, balki jahon chempionatlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritayogan chempion o‘g‘lonlarimiz bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lishini ta’kidladi.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing