“Xon Saroy” “Mega Tower” turar-joy majmuasi xonadonlari kalitlarini egalariga topshirdi

Biznes

Shinam va zamonaviy xonadon, yangicha qurilish uslubi, xonadon egalariga o‘zgacha ko‘tarinkilik beruvchi bino old manzarasi va hamyonbop narx. Uy xarid qilish niyatida bo‘lganlar, hech shubhasiz, mana shu jihatlarga jiddiy e’tibor qaratishadi. “Xon Saroy” kompaniyasi esa mazkur talablarga javob beradigan ko‘rkam turar-joylar qurish an’anasini izchil davom ettirmoqda. 

Joriy yilning 19 avgust kuni poytaxtimizning Yunusobod tumanida yangragan bayram tadbiri sadolari “Xon Saroy” kompaniyasi mutasaddilari, yangi xonadon egalari, Shohruhxon, Oybek va Nigora, Rayhon, Nilufar Usmonova, Shahboz va Navro‘z singari xonandalar, san’atkorlar, blogerlar va ko‘plab qiziquvchilarni bir davra atrofiga jamladi. Bu yerda “Xon Saroy” qurilish kompaniyasi tomonidan bunyod etilgan  navbatdagi“Mega Tower” turar-joy  majmuasi xonadonlarining ramziy oltin kalitlari  o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Tashrif buyuruvchilar uchun mo‘jaz ziyofat tashkil etilib, noz-ne’mat tarqatildi.

“Ayvon” turar-joy majmuasi topshirilganidan ko‘p o‘tmay, “Xon Saroy” kompaniyasi navbatdagi “Mega Tower” majmuasini ham o‘z egalariga topshirdi. Aytish kerakki, mazkur yangi inshoot biznes klass majmualardan biri hisoblanadi. Ko‘rinishidan chet el osmono‘par binolarini eslatadigan ushbu rezidensiya hi-tech uslubi ixlosmandlari uchun ayni muddao.

Loyiha 36 m² dan 115 m² gacha bo‘lgan 120 ta xonadondan tashkil topgan va har bir kirish qismiga zamonaviy ARD sistemasida ishlaydigan “SIGMA” liftlari o‘rnatilgan. Binoning eng yuqori qavatida penthaus tipidagi xonadonlar mavjud. Mazkur penthaus bino yuqorisidan turib shahar manzarasini tomosha qilish, shuningdek, turli tadbirlar tashkil etish imkonini beradi.

“Mega Tower” majmuasining yon tomonida bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Xavfsizlik standartlariga to‘liq javob beruvchi mazkur maydoncha xonadon egalarining farzandlari uchun qator qulayliklar yaratadi.

Ma’lumot o‘rnida, “Xon Saroy” kompaniyasi mamlakat qurilish bozorida “Navoi City” brendi ostida 10 yildan ortiq vaqt davomida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Dastavval, kompaniya o‘z faoliyatini Navoiy shahrida tashkil etgan va endilikda Toshkent shahrida ham sifatli va zamonaviy uylar barpo etmoqda. 

Ayni kunlarda, “Xon Saroy” kompaniyasi 320 000 m² yer maydonida 15 ta yirik loyiha ustida ish olib bormoqda. Ushbu kompaniya 2022 yil boshidan beri o‘zining uchinchi turar-joy ob’ekti ochilish marosimini o‘tkazib, kalitlarni o‘z egalariga topshirmoqda. Kompaniya tomonidan qurilish ishlari poytaxtimizning Yunosobod va Mirobod tumanlarida amalga oshirilmoqda. Turar-joy majmualari asosan tumanlarning markaziy, shuningdek, tijorat va tadbirkorlik uchun qulay hududlarida tashkil etilgan bo‘lib, mazkur soha vakillari uchun qulay imkoniyatlar taqdim eta oladi.

“Xon Saroy” kompaniyasi tomonidan bunyod etilgan har bir inshoot yangicha joziba va ko‘rinish kasb etadi. Oldinroq o‘z sohiblariga topshirilgan “Ayvon” majmuasi binoga o‘zgacha ko‘rk beruvchi ayvonlari bilan diqqatni tortgan bo‘lsa, endigi “Mega Tower” loyihasi butunlay yangicha dizaynni aks ettiruvchi fasad va terrasalardan iborat.

Poytaxtimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshirib kelayotgan “Xon Saroy” kompaniyasi galdagi loyihalarini ham jadallik bilan davom ettiradi. “Mega Tower” loyihasi esa bu jarayonlarning bir qismi bo‘lib, fuqarolarga zamonaviy xonadonlarda istiqomat qilish imkoniyatini yaratib beradi.

Agar siz o‘z didingizdagi shinam va zamonaviy uy sohibi bo‘lishni istasangiz, “Xon Saroy” siz uchun eng maqbul tanlovdir!

Ofis manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 64-A uy

Ma’lumot uchun: +998 55 501 74 00

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring xonsaroy.uz

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing