“Xon Saroy” kompaniyasi navbatdagi loyihasini topshirdi
Biznes
−
13 avgust 2022
8487Yunusobod 2-mavze. Karnay-surnay sadolari, "Via Maroqand", "Shahboz va Navro‘z" guruhlarining chiqishlari, Mavluda Asalxo‘jayeva, Ziyoda, Shohruhxoning kuy-qo‘shiqlari, raqsga tushayotgan odamlar, kayfiyati a’lo xonadon egalari. Poytaxtimizning Yunusobod tumanida “Xon Saroy” ning yangi “Ayvon” turar-joy majmuasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bir guruh uy sohiblariga yangi xonadonlarining kalitlari tantanali ravishda topshirildi. Yangi turar-joy majmuasi ochilish marosimida urf-odatlarimizga xos ravishda osh damlanib, yig‘ilganlarga tarqatildi.
Poytaxtimizda qad rostlagan sakkiz qavatli “Ayvon” majmuasining birinchi qavati tijorat ob’ektlaridan iborat. Majmuada 120 ta xonadon mavjud. Majmuasining ichki tarafidagi alleya xonadon sohiblariga sayr qilish va hordiq chiqarish imkoniyatini beradi. Rezidensiyaning orqa tarafida esa, ajoyib uslubga ega bolalar maydonchasi mavjud.
Tadbir asnosida, “Xon Saroy” kompaniyasi moliya bo‘limi rahbari Shavkat To‘xtayev QALAMPIR.UZga galdagi rejalar borasidagi atroflicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, “Ayvon” majmuasidan oldin “Xon Saroy” kompaniyasi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Xon Saroy” turar-joy majmuasini qurib bitkazgan edi. Yaqin kunlarda "Mega Tower" loyihasini topshirish marosimini o‘tkazish ham rejalashtirilgan. “Ayvon” kompleksi “Xon Saroy” tomonidan Toshkentda amalga oshirilgan ikkinchi yirik loyiha bo‘lib, tashkilot ayni kunda shahar bo‘ylab yana 11 ta qurilish loyihalarini davom ettirmoqda.
“Xon Saroy” kompaniyasi 2019 yildan beri poytaxtda faoliyat yuritib keladi. Bundan oldin u Navoiy viloyatida 4 ta turar-joy majmuasi qurilishiga boshchilik qilgan.
“Ayvon” eko-loyiha hisoblanib, aholiga toza havo va flora (o‘simlik dunyosi) dan to‘liq bahramand bo‘lish imkonini beradi. Loyihaning muhim qismi bo‘lgan eko-terrasalar 20 m² gacha bo‘lgan maydonni egallaydi. Mazkur hududda fuqarolar ko‘rkam bog‘ tashkil etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Majmua 35 m² dan 120 m² gacha bo‘lgan xonadonlardan iborat. Xonadonlar temir eshiklar va ikki qavatli steklopaketli plastik deraza romlari, shuningdek, ikki konturli avtonom isitish tizimi bilan ta’minlangan. “Ayvon” majmuasi ko‘p sig‘imli avtoturargohga ham ega. Turar-joy inshooti hududi kuzatuv kameralari bilan ta’minlangan xavfsiz hudud bo‘lib keng yashil hudud hamda maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalarini qamrab oladi.Yangi xonadon sohiblaridan biri Jahongir Hasanovning ma’lum qilishicha, u qurilish jarayonlarini ko‘pdan beri kuzatgan bo‘lib, asosan inshoot dizayni uning e’tiborini tortgan. Xonadon egasi xonadon ayvonlari keng va qulayligi, ular xonadon umumiy narxiga kiritilmagan holda tekinga berilishini alohida qayd etdi.
O‘z o‘rnida, poytaxt bo‘ylab yirik bunyodkorlik ishlarini amalga oshirayotgan “Xon Saroy” kompaniyasining asosiy maqsadi xalqimizni arzon narxlardagi sifatli uylar bilan ta’minlash va xalq farovonligiga hissa qo‘shishdir. Agarda siz o‘zingiz istagan yuqori sifatli, o‘z didingizdagi “saroy” egasi bo‘lish niyatida bo‘lsangiz, “Xon Saroy” kompaniyasi siz uchun eng maqbul tanlovdir.
Ofis manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 64A uy
Ma’lumot uchun: +998 55 501 74 00
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring xonsaroy.uz
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi