Xon Saroy qurilish kompaniyasi yangi “Vatan residence” loyihasini taqdim etdi
Biznes
−
17 Sentabr 2023
6321Loyiha 16 ta blokdan tashkil topgan bo‘lib, har biri 16 qavatdan iborat. Xonadonlarning umumiy soni esa 1600 ta.
Mijozlar qulayligi uchun xonadonlar maydoni 37 dan 125 kv metrgacha rejalashtirilgan.
Har bir xonadon 6 dan 33 kv metrgacha bo‘lgan terrassasiga ega — bu terrassalar kompaniya tomonidan bonus sifatida taqdim qilinadi.
Loyiha poytaxtimizning eng osoyishta manzillaridan birida — Mirzo Ulug‘bek tumani, Ravnaq ko‘chasida 2 gektar maydonda qad rostlashi rejalashtirilgan.
Tashqi infratuzilma:
- maktab va bog‘cha - 17 ta;
- universitet - 4 ta;
- yirik savdo nuqtalari - 9 ta;
- kafe va restoranlar - 19 ta;
- klinikalar- 3 ta;
- bank - 4 ta;
- park va muzey - 5 ta;
- metro - 2 ta;
- elchixona - 3 ta;
- masjid - 2 ta;
- aloqa kompaniyalari - 3 ta.
“Vatan residence” nafaqat qulay manzili, balki ichki qulayliklari bilan ajralib turadi:
- yer osti 2 qavatli avtoturargohi;
- yopiq fitness zal va ochiq sport maydoni;
- basseyn;
- fontanlar va besedkalar;
- yozgi va qishki bolalar maydonchasi;
- mehmon kutish zali;
- kafe;
- do‘konlar;
- xususiy maktab va bolalar bog‘chasi.
Istiqomat qiluvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida hovlida 24 soat davomida ishlaydigan kuzatuv kameralari va xavfsizlik tizimi ornatilgan.
Ko‘chmas mulk bozorining o‘sishini hisobga olgan holda, bu majmua yashash uchun idealdir. Bugungi kunda kompaniyaning ko‘plab mijozlari uylarni investitsiya sifatida kotlovan bosqichida qulay narxlarda xarid qilishadi. Xon Saroy kompaniyasi har bir mijozga individual yondashuvi bilan ajralib turadi — sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan mijozlar uchun esa maxsus takliflar ishlab chiqilgan.
Kompaniya haqida:
Xon Saroy qurilish kompaniyasining asosiy qadriyatlaridan biri bu sifat hisoblanadi. Har bir loyihada sifatli xom ashyo ishlatilgan bolib, hozirgi zamon talablariga mos ravishda qurilishiga monolitdan foydalaniladi. Har bir mahsulot qurilishda qo‘llashdan oldin labarotoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi. Qurilish jarayonlari mutaxassislar nazorati ostida, zamonaviy texnologiyalar asosida olib boriladi.
Kompaniya poytaxtimizdagi faoliyatini 2019 yilda boshlagan bo‘lsa, qisqa vaqt ichida 6 loyihani qurib bitirdi.
2022 yilda 4 ta loyiha, 2023 yilda esa “Diplomat” va “Sayram” loyihalarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Bundan tashqari, hozirda yana 5 ta loyiha qurilishi qizg‘in davom etayotganini eslatib o‘tamiz:
“Salom Qo’yliq”, “Ocean”, “Parlament”, “Orzular”, “Zo’rsan”.
Xon Saroy 2022 yilda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tamonidan Kvadtura takliflari bo‘yicha ko‘chmas mulk bozori yetakchisi deya tan olingan.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 71 200 74 00
+998 55 501 74 00
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi