Xon Saroy'dan yangi yo‘nalish – Xonsaroy Money'ni kutib oling!
Biznes
−
06 may 4649 2 daqiqa
O‘zbekiston qurilish sohasida o‘z nomi va obro‘siga ega bo‘lgan kompaniyalar sanoqli. Ular orasida Xon Saroy alohida e’tiborga loyiq. Bozorda 5 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan ushbu kompaniya 13 500 ga yaqin insonlarni uy joy bilan ta’minlagan va Toshkent shahrida 10 dan ortiq yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
.png)
Bugungi kunga kelib Xon Saroy nafaqat qurilish, balki kengroq iqtisodiy imkoniyatlar yaratish yo‘lida ham harakat qilmoqda. Aynan shuning uchun Xon Saroy'dan yangi investitsion yo‘nalish – Xonsaroy Money loyihasi taqdim etilmoqda.
Xonsaroy Money – halol investitsiya platformasi
Xonsaroy Money – bu oddiy fuqarolarga Xon Saroy qurilish loyihalarida bevosita ishtirok etish, ya’ni sarmoyachi(investor) sifatida ulushga ega bo‘lish imkonini beradigan innovatsion platforma. Endi siz nafaqat xonadon xarid qilishingiz, balki ko‘chmas mulk loyihalaridan daromad oluvchi investor bo‘lishingiz mumkin.

Asosiy afzalliklar:
- Investitsiyani istalgan vaqtda foyda bilan yechib olish imkoniyati.
- Raqamli shaffoflik: barcha jarayonlar mobil ilova orqali kuzatib boriladi.
- Rasmiy hujjatlar va yuridik himoya — barcha kelishuvlar qonuniy asosda rasmiylashtiriladi.
- Davlat reyestriga kiritilgan ulushlar.
- Avto-xabarnomalar, reinvestitsiya funksiyasi va 24/7 xavfsizlik tizimi.
Xonsaroy Money – bu kommandit shirkat (KT) asosida ishlaydigan, O‘zbekiston qonunlariga to‘liq moslashtirilgan va professional yuridik xizmat bilan ta’minlangan platforma.
Nega aynan Xon Saroy loyihalari?

Xon Saroy o‘zining har bir qurilish loyihasida amal qiladigan qoidalari:
- Yuqori qurilish sifati va nazorati.
- Yillab sinovdan o‘tgan ishonchli ta’minotchilar va muhandislik yondashuvi.
- Har bir loyiha – to‘liq moliyaviy, yuridik va texnik kafolat ostida.
- Tadbirkorlar, xorijdagi vatandoshlar va ichki investorlar uchun qulay shartlar.
Xonsaroy Money – bu kelajakka investitsiya, orzularingizga esa yana bir qadam yaqinroq yo‘l
Agar siz moliyangizni xavfsiz, qonuniy va yuqori daromadli yo‘nalishda ishlatmoqchi bo‘lsangiz — Xonsaroy Money siz kutgan platforma.
Xon Saroy kompaniyasi endi sizni nafaqat uy bilan, balki moliyaviy mustahkamlik va ishonchli investitsiya vositasi bilan ta’minlaydi.
Batafsil ma’lumot olish uchun:
Telefon: +998 78 113 84 44
Telegram: Xonsaroy_Money_Bot
Sayt: https://api.xonsaroymoney.uz/uz
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi