12 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Qirg‘iziston fuqaroligini oldi

Olam

image

So‘nggi besh yilda asosan O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiyadan kelganlar Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda. 

Davlat fuqaroligini berishga oid hujjat Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanadi. Oxirgi marta hujjat 2019 yilning 30 dekabr kuni imzolangan va unga ko‘ra 978 kishi Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. 

Tahliliy ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2015 yildan beri 22 456 kishi Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Ularning aksariyati, ya’ni 82 foizi etnik qirg‘izlar.

2015-2018 yillarda Qirg‘iziston fuqaroligini eng ko‘p o‘zbekistonliklar olgan. 2019 yilda esa qirg‘iz fuqaroligi eng ko‘p tojikistonliklarga berilgan.

So‘nggi besh yil davomida 12 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. (2015 yilda – 4470 kishi, 2016 y. – 3401, 2017 y. – 2341, 2018 y.-1284, 2019 yil 10 oyda - 887).

Ta’kidlanishicha, Ukraina, Moldova, Pokiston, Xitoy, Turkiya va Misrdan kelgan kishilarga ham mamlakat fuqaroligi berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston fuqaroligi

Baholaganlar

322

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar