O‘zbekiston aholisi 34 millionga yaqinlashdi
Jamiyat
−
27 yanvar 2020
5921O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 33, 9 mln kishini tashkil etdi. Aholi soni 2019 yil boshidan 650,3 ming kishiga yoki 2,0 foizga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, 2020 yil 1 yanvar holatiga hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foiz va Andijon viloyatida 9,2 foiz.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston doimiy aholisi sonining 30,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,9 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,6 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
LiveBarchasi