Namangan City`ni kimlar qurishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Keyingi yillarda O‘zbekiston shaharlarida qad rostlayotgan ko‘rkam binolar soni ortib bormoqda. Chunonchi, poytaxt Toshkentda Tashkent City loyihasining qurilish ishlari izchillik bilan olib borilayotgan bir paytda Namangada ham shunga o‘xshash loyiha 78 gektar yer maydonda barpo etiladigan bo‘ldi. 

Kecha, 18 oktyabr kuni Namangan viloyati hokimligi hamda Saudiya Arabistonining “Alqusaier company” kompaniyasi o‘rtasida Namangan shahrida Namangan City ishbilarmonlik markazi qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Viloyat hokimi Hayrullo Bozorov hamda “Alqusaier company” bosh direktori Abdul Aziz al-Kusayr tomonidan imzolangan Memorandumga ko‘ra, Namangan shahrida 78 gektar maydonda barpo etiladigan Namangan City ishbilarmonlik markazidan biznes-markaz, zamonaviy savdo majmualari, 3 va 4-5 yulduzli mehmonxonalar, ofislar, konferensiyalar saroyi, ko‘rgazma zallari, turar-joylar va villalar, maktab, bolalar bog‘chasi, restoranlar va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rin oladi.

Loyihani moliyalashtirish to‘laligicha “Alqusaier company” kompaniyasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 

Viloyat hokimiyati Namangan City faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashga doir masalalarni hal etadi hamda loyihani amalga oshirish uchun kerakli ruxsatnomalarni olishda va loyihani amalga oshirish va foydalanish davrida malakali kadrlar bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xayrullo Bozorov hamda “Alqusaier company” b

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar