“Xalqparvar Guruhi” jurnalisti 4 yilga qamaldi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda "Xalqparvar Guruhi" jurnalisti 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyat sudlarining Telegram’dagi rasmiy kanalida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining bugun, 20 yanvardagi e’lon qilgan hukmi bilan 1990 yilda tug‘ilgan, “AK XALQPARVAR GURUHI” MCHJ (“ANTIKORRUPSIYA” OAV) muxbiri bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlangan E.T. Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “g” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi, 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi, 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 1-qismi, 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandi va 244-6-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. 

E.T.ga Jinoyat kodeksining 59,61-moddalari tartibida 3 yil 10 oy, Jinoyat kodeksining 60,61-moddalariga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganligini bekor qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarida o‘tattirilishi belgilandi.

“Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqlidir”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni “Taftish.uz” saytining 4 nafar xodimi tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olingan edi. 

Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 168-moddasida (firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 1988 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Aberayev hamda “Taftish.uz” Ommaviy axborot vositasi xodimlari 1992 yilda tug‘ilgan Azizjon Yuldashev, 2000 yilda tug‘ilgan Sardor Hamidov, 2006 yilda tug‘ilgan Marjona Eshquvvatova hamda 1998 yilda tug‘ilgan Dilshod Nishonovlar protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda ularning qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) hamda 244-6-moddasida (yolg‘on axborot tarqatish) ko‘rsatilgan jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xalqparvar Guruhi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar