O‘zbekistonda analogi bo‘lmagan loyiha – Wyndham Garden Charvak qurilmoqda

Biznes

image

Markaziy Osiyodagi eng yirik tog‘ kurorti xushmanzara tog‘li hududda qurilmoqda. Ishlarning 30 foizi bajarildi, ilk villalar sotuvi boshlandi.

Wyndham Garden Charvak – Markaziy Osiyodagi xalqaro darajadagi ilk kurort. Loyihani Dune Group Development developerlik kompaniyasi amalga oshiryapti, tog‘ majmuasi Wyndham Garden brendi ostida faoliyat yuritadi. Ishga tushirish 2028 yilga rejalashtirilgan.

Yil davomida ishlovchi infratuzilma

Wyndham Garden Charvak yil davomida dam olish uchun barcha sharoitlar mavjud kurort-shahar sifatida rejalashtirilgan. Xalqaro darajadagi infratuzilma 100 xonali 8 qavatli besh yulduzli mehmonxona, villalar, basseynlar, sport va bolalar maydonchalari, turli konsepsiyalardagi restoranlar, attraksionlar zonasi, spa-markaz, konferens-zaldan iborat bo‘ladi.

“Wyndham Garden Charvak – O‘zbekistondagi bunday ko‘lam va formatga ega birinchi loyiha. Resort konsepsiyasi yashashning o‘zinigina emas, balki bir joyning o‘zida dam olish, ko‘ngil ochish, ovqatlanish va xalqaro darajadagi servisni ham ko‘zda tutadi. Biz mintaqadagi yetakchi kurortlar bilan raqobatlashishga qodir va butun Markaziy Osiyodan turistlarni jalb eta oladigan majmua barpo etamiz.

Qurilish jadal bormoqda. Ishlarning taqriban 30 foizi yakunlandi, villalar fasadlarini pardozlash ishlari kechmoqda. Ham to‘g‘ri ma’noda, ham majozan poydevori mustahkam ushbu loyihaga investorlar kirib kelmoqda”, deya qayd etdi Wyndham Garden Charvak rivojlantirish bo‘yicha direktor Jo‘rabek Mirzaahmedov.

Majmuaning 5,5 gektarini O‘zbekistondagi eng yirik akvapark egallaydi, u Wyndham Garden Charvak ichkarisidagi alohida olam bo‘ladi. Bu yerda turli darajalardagi 30 ta tepalik yuzaga keladi: xavfsiz bolalar trassalaridan to kattalar uchun ekstremal minoralar, shuningdek, to‘lqinli basseyn, keng-mo‘l launj-hududlar va fudkort tashkil etiladi. Akvapark Markaziy Osiyo va Yevropadagi eng keng ko‘lamli suv parklaridan biriga aylanishni va’da qilmoqda.

Tog‘ relefida qad rostlagan villalar

“Wyndham Garden Charvak arxitekturasi mahalliy yer relefidan kelib chiqadi. Loyihachilar standart bir chiziqli qurilishlardan voz kechib, tog‘ manzarasiga uyg‘unlashib ketgan ko‘p darajali makon bunyod etdilar. Villalarning bir qismi grek Santoriyasidagi mashhur qoya-uylar uslubida bajarilgan: oppoq fasad, ko‘kalamzorlashtirilgan tomlar, binolarning aksariyati go‘yoki tog‘ yonbag‘iriga singib ketgan – faqat kirish qismi yer yuzasiga chiqib turadi.

Wyndham Garden Charvak investorlarga turarjoy emas, balki passiv daromad olish uchun vosita taklif etadi. Villalar doimiy yashashga yoki dala hovli sifatida ishlatishga mo‘ljallanmagan. Ular mehmonxona fondiga kiradi. Ularga xizmat ko‘rsatish, odamlarni joylashtirish va ilgarilatish bilan “Wyndham Hotels & Resorts” tasdiqlagan boshqaruvchi kompaniya shug‘ullanadi. Shu tariqa, investor amaliyot jarayonlari bilan boshini og‘ritmay, foyda ko‘raveradi”, deb izohladi Wyndham Garden Charvak rivojlantirish bo‘yicha direktori Jo‘rabek Mirzaahmedov.

Wyndham bilan hamkorlik: har bir bosqichda sifat nazorati

Wyndham Garden Charvak xalqaro tarmoq tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat ostida qurilmoqda. Hamkor nazorati rejalashtirishdan tortib to foydalanishga topshirishgacha – loyihaning butun davrini qamrab oladi.

Arxitekturaviy yechimlar, materiallar va pardoz elementlari Wyndham xalqaro jamoasi bilan majburiy kelishuvdan o‘tadi. Tarmoq vakillari qurilish maydonchasiga muntazam tashrif buyurib, har bir bosqichda brend standartlariga muvofiqlikni tekshiradilar. Hamkorlikning asosiy elementi – yakuniy audit. Kurort ishga tushirilishidan oldin Wyndham jamoasi kompleks inspeksiya o‘tkazadi va infratuzilma, dizayn, qulaylik va korporativ me’yorlarga muvofiqlikni baholaydi.

Bunday yondashuv yuqori sifat darajasini va dunyoning turli mamlakatlarida Wyndham boshqaruvidagi ob’ektlarni tanlaydigan mehmonlar ishonchini ta’minlash imkonini beradi.

Davlat qo‘llab-quvvatlovi

Wyndham Garden Charvak davlat ko‘magida amalga oshirilmoqda. Xalqaro brendning jalb etilishi loyihaga soliq imtiyozlariga ega bo‘lish imkonini berdi, bu iqtisodiy samaradorlikni oshirib, investitsiyalar qaytishi muddatini qisqartiradi.

Batafsil ma’lumot olish uchun:

Sayt: https://www.wyndhamgardencharvak.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/wyndhamgardencharvak/

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing