Bodrumda jimlik haqida qonun kuchga kirdi

Olam

image

Bodrum meri Ahmet Aras munitsipalitetning tumanlarini "sokin" va "ko‘ngilochar" zonalarga ajratish to‘g‘risida qonunga imzo chekdi. Ushbu hujjat tunda uxlashni yoki dam olishni istaganlar uchun qulay sharoit yaratishga mo‘ljallangan. Bu haqida ATOR xabar bermoqda.

Shunga o‘xshash choralar mahalliy barlar, klublar va diskotekalarning musiqiy faoliyatini tartibga solish uchun mo‘ljallangan. O‘tgan yili dam olish maskanlarining rahbarlariga hordiq payti baland musiqa qo‘yilishidan turistlardan 1500 dan ortiq shikoyat tushgan.

“Sokin” zonalarga Gyumyushlyuk va Bitez posyolkalari kiradi. 2020 yildan boshlab ushbu hududlardagi bar va klublar tunggi 23:59 dan so‘ng musiqani baland qilib qo‘yishlari taqiqlanadi. Yarim tundan so‘ng ular musiqani faqatgina yopiq yoki ovoz chiqarmaydigan binolarda qo‘yishlari mumkin.

"Ko‘ngil ochish zonasida"gi muassasalar ertalab soat to‘rtgacha musiqa qo‘yishlari mumkin bo‘ladi. Bunday hududlarga Bodrum markazidagi barlar ko‘chasi va Gumbet posyolkasi kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing