“WikiLeaks” asoschisi Julian Assanj AQSHga ekstraditsiya qilinishi mumkin
Olam
−
10 dekabr 2021
5035London Oliy sudi Vashingtonning “WikiLeaks” asoschisi Julian Assanjning AQSHga ekstraditsiya qilinishiga qarshi chiqarilgan birinchi sud qarori ustidan bergan apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirdi.
Ish birinchi instansiya sudi – Vestminster magistratura sudiga qaytariladi, u avvalroq avstraliyalikni ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli AQSHga ekstraditsiya qilish mumkin emasligi haqida qaror chiqargan.
Sud AQSH vakillarining Britaniya tomoniga bergan kafolatlarini yetarli deb topdi.
Xususan, Vashington “WikiLeaks” asoschisiga nisbatan “maxsus ma’muriy choralar” qo‘llamaslikka, xususan, uni yuqori xavfli qamoqxonada saqlashga, zarur klinik va psixologik muolajalar bilan ta’minlashga va’da berdi, shuningdek, Avstraliyada jazoni o‘tash uchun yuborishga va’da bergan.
Sud Assanj advokatlarining keyinchalik bu kafolatlar bekor qilinishi mumkinligi haqidagi vajlarini rad etdi.
Himoya tomoni bu qaror ustidan shikoyat qilishi kutilmoqda.
Julian Assanj - avstraliyalik jurnalist va teleboshlovchi va “WikiLeaks” asoschisi.
Ma’lumot o‘rnida, Julian Assanj 2010 yilda Shvetsiyada jinsiy zo‘rlash nomusga tegishda ayblangan edi. 2012 yil iyun oyidan beri u Londondagi Ekvador elchixonasi hududida yashirinib yurdi va 2019 yil aprel oyida AQSH so‘roviga binoan hibsga olindi. London sudi Assanjni garov shartlarini buzganlikda aybdor deb topdi va uni 11 oy qamoq jazosiga hukm qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida u josuslik to‘g‘risidagi 18 ta qonunni buzganlikda, shuningdek, maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlikda ayblanmoqda. Agar uning aybi tan olinsa, AQSHda Assanj 175 yilga qamalishi mumkin.
LiveBarchasi