WhatsApp “olamshumul” yangilik qildi
Texnologiya
−
17 Oktabr 2022
46336Endi WhatsApp messenjerida ham xabarlarni tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Ammo hozircha faqatgina 15 daqiqa ichida matnlarni o‘zgartirish mumkin. Bu haqda “Wabetainfo” xabar berdi.
Dasturning beta-versiyasi, ya’ni 2.22.22.14. Android OS'da ishlovchi qurilmalarda mavjud.
Xabarni tahrirlash uchun foydalanuvchilarga xabar yuborilganidan keyin 15 daqiqa vaqt beriladi. Tahrirlangan xabarlar “tahrirlangan” deb belgilanadi.
Qayd etish kerakki, 7 oktyabr kuni WhatsApp'da yangi funksiya paydo bo‘lgandi. Endi foydalanuvchilar guruh suhbatlarini xohlagan vaqtda va ogohlantirishsiz tark etishlari mumkin va bu haqda faqat administratorlar biladi.
Shuningdek, 9 oktyabr kuni WhatsApp eksklyuziv funksiyalarga ega Premium obunasini ishga tushirdi. Pullik obuna messenjerning oddiy versiyasidan ikkita eksklyuziv funksiya bilan farq qiladi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda anchagina ommalashgan Telegram messenjerida bu funksiya ancha vaqtdan beri mavjud.
LiveBarchasi