WBC 2020 yilning eng yaxshi nokauti muallifini aniqladi

Sport

image

Butunjahon boks kengashi (WBC) rossiyalik Aleksandr Povetkinning britaniyalik Dillian Uaytga qarshi jangidagi nokautini 2020 yilning eng yaxshi nokauti deb tan oldi. Bu haqda (WBC) matbuot xizmati xabar bergan. 

Jang Buyuk Britaniyaning Brentvud shahrida 2020 yil 23 avgustga o‘tar kechasi o‘tkazilgan. 

Rossiyalik raqibini beshinchi raundda nokautga uchratgan. Shuningdek, uning o‘zi ham undan oldingi raundda ikki marta nokdaun holatiga tushib qolgan.

 

Ushbu g‘alaba tufayli Povetkin og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik (WBC) unvoniga sazovor bo‘lgan. 

Ayni paytda 41 yoshli Povetkinda 36 ta g‘alaba (25 ta nokaut bilan), ikkita mag‘lubiyat va bitta durang mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Povetkin

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar