Serbiya hali NATOni kechirmadi – Vuchich

Olam

image

Serbiya Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga qo‘shilishi shart emas, chunki u o‘z osmonini va hududini o‘zi himoya qila oladi. Bu haqda Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich ta’kidladi.

“Yerimizni, farzandlarimizni himoya qilish vaqti keldi. Raqiblarimiz NATOga a’zo bo‘lishimiz kerakligini aytmoqda. Ularga javobim shuki, biz NATOga qo‘shilmaymiz, chunki bizning yerimiz va osmonimizni himoya qiladigan o‘z armiyamiz bor. Biz 1999 yilda NATO kuchlari tomonidan Serbiyada portlash uyushtirilganini va oqibatda yosh bolalar o‘ldirilganini unutishga jur’at qila olmaymiz. Axir ular ikki yarim yoshli qiz Milika Rakichni ham o‘ldirdi. Yaqinda biz mazkur tajovuzning yilligini nishonlaymiz va ikkilanmasdan o‘sha voqeani kampaniya emas, tajovuz deb eslaymiz”, deydi Vuchich.

Ma’lumot uchun, 1999 yil 24 martda NATO kuchlari tomonidan “Ittifoqchi kuchlar” operatsiyasi doirasida Yugoslaviyani bombardimon qilish boshlangan va 10 iyunda yakunlangan. Yugoslaviya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlar paytida 1700 dan ortiq kishi, shu jumladan 400 ga yaqin bolalar o‘ldirilgan, 10 mingga yaqin odam jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1588

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing