Voyaga yetmaganlarni mehnatga majburlaganlar uchun jazo kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Tan olish kerakki, bir necha yillarda buyon O‘zbekistonning ijtimoiy noziq nuqtalaridan biri majburiy mehnat bo‘lib kelgan. Hozirgi kunga kelib, majburiy mehnatning oldini olish borasida bir qator harakatlar olib borilmoqda.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 3 fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar  voyaga yetmagan shaxslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, ularni majburiy mehnatga, ta’qiqlangan yoki g‘ayriqonuniy birlashmalar faoliyatiga jalb qilish hamda voyaga yetmaganlardan shahvoniy maqsadlarda foydalanish holatlariga chek qo‘yish va bunday harakatlarni sodir etganlarning javobgarligini so‘zsiz ta’minlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ta’kidlanganishicha, Jinoyat kodeksi o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda unga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun javobgarlikni belgilaydigan modda bilan to‘ldirilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur jinoyat ob’ekti sifatida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs normal va axloqiy rivojlanayotani inobatga olinib, jinoyat sub’ekti yoshini 18 yoshdan belgilash taklif etilmoqda.

Qonun loyihasining yana bir muhim jihati shundaki, voyaga yetmagan shaxslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, ularni majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga chek qo‘yish maqsadida Jinoyat kodeksiga voyaga yetmagan shaxsni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikni belgilovchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Shuningdek, Jinoyat kodeksida voyaga yetmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash uchun   jinoiy   javobgarlik, shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha kiritilib, mazkur jinoyatning tergovi ichki ishlar organiga tegishli ekani belgilanmoqda.

Deputatlarning fikricha, qonunning qabul qilinishi majburiy mehnatga to‘liq chek qo‘yilishiga, voyaga yetmagan shaxslarning manfaatlarini ta’minlashga, bu borada O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari bajarilishiga va shu tariqa davlatimizning turli baholash indekslaridagi reytingi ko‘tarilishiga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing