Volodinni kuzatib ulgurmasimizdan Mishustin ham O‘zbekistonga kelyapti
Jamiyat
−
30 noyabr 2022
15607Dekabr oyining ilk kunlari Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin uchrashadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1-2 dekabr kunlari Samarqand shahrida ikki davlat hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi joriy va istiqbolli kooperatsiya loyihalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, mamlakatlarning yetakchi sanoat korxonalari va kompaniyalari vakillari ishtirokida qator ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy hafta Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin O‘zbekistonga kelib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashdi, Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi. Uning O‘zbekistonga tashrifidan keyin Duma rasmiy saytida e’lon qilingan maqolada aytilishicha, AQSH va uning Yevropadagi strategik sheriklari o‘rtasidagi munosabatlar natijasi Vashington bilan hamkorlikning mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholashda O‘zbekiston uchun namuna bo‘lgan.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi