O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi kirib keladi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kechga borib Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi kirishi munosabati bilan ob-havo sharoitlari o‘zgaradi. Bulutlar ko‘payib, tunda mamlakatning shimoliy tumanlaridan tashqari qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. Bunday sharoit ertaga kun bo‘yi davom etadi. Ertaga havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 

Ish haftasining o‘rtasida sovuq havo oqimining ta’siri, ayniqsa, kechasi hali sezilib turadi, tungi harorat 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi quyosh payshanbaga kelib haroratni 10-15 darajagacha ilitadi. 

Ish haftasining oxirida ob-havo yana aynashni boshlaydi. Juma kuni mamlakat hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tungi harorat 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 10-15 daraja atrofida bo‘ladi, bunday harorat oyning shu davri uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan bir oz yuqori. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

391

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing