Vodiyning ikki klubi serbiyalik forvardga xaridor bo‘lmoqda

Sport

image

Yozgi transferlar vaqtida “Neftchi” va “Navbahor” klublari hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida serbiyalik forvard Andriya Maydevatsga xaridor bo‘lmoqda. Futbolchi dastlab namanganliklar taklif qilgan shartnomani rad etgan. 

Klub rasmiylari hali muzokaralar haqida rasmiy ma’lumot bermaganiga qaramay, mahalliy internet nashrlarida bu xarid bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda. Mazkur transfer to‘g‘risidagi yangilik esa ijtimoy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, 30 iyun kuni amaldagi klubi bilan shartnomasi tugaydigan Andriya o‘tgan mavsum Serbiya Superligasida ishtirok etgan “Novi Pazar” klubi safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 3 ta goli uzatmani amalga oshirgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing