Vladimirda ikki o‘quvchi qiz mast holda odamlarga hujum qildi

Olam

image

Kecha, 25 oktyabr kuni Rossiyaning Vladimir shahrida ikki nafar mast holdagi o‘quvchi qiz bir soat ichida besh kishiga hujum qildi. Ulardan biri o‘g‘il bola, to‘rttasi katta yoshli ayol bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Hujumchilardan biri bolani sochlaridan ushlab uni asfaltga uloqtirdi, shundan keyin qizlar uning  puli va telefonini olib ketgan. Shundan so‘ng hujum qilganlar qattiq ta’qib ostida ushlangan.

"Aniqlanishicha, ertalabki soat 7 dan 8 gacha fuqarolarning mulkini o‘g‘irlashga uringan yana to‘rt kishiga hujum qilgan. Ular ayollarga hujum qilgan, qo‘llaridan sumka tortib olishga uringan. U yerda qimmat telefonlar va naqd pullar bo‘lgan”, deyiladi xabarda. Hozirda holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

"Ish materiallaridan ko‘rinib turibdiki, 15 yoshli gumondor otasi vafotidan keyin o‘zi joylashtirilgan mintaqadagi mehribonlik uylaridan birining tarbiyalanuvchisi bo‘lgan, U 16 marta muassasani ruxsatsiz tark etgan, deviant xulq-atvorga moyil, o‘qitish qiyin va davlat profilaktika tizimlari idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan", deyiladi tergov xabarida.

Ikkinchi hibsga olingan qiz esa, ijtimoiy nosog‘lom oilada tarbiyalangan, u profilaktika tizimi ma’murlari nazorati ostiga bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir ikki o'quvchi qiz mast holda

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar