Vladimir Norov yana Tashqi ishlar vaziri bo‘ldi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2022
5077O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Vladimir Imamovich Norov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
1955 yil 31 avgustda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1976 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini (hozirgi Buxoro davlat universiteti) matematika o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha, 1985 yilda SSSR Ichki ishlar vazirligi akademiyasini “tartibni saqlash boshqarmasi huquqshunos-tashkilotchiligi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1990 yilda SSSR Ichki ishlar vazirligi akademiyasining aspiranturasini bitirgan.
2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 28 dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan. 2010 yildan 2013 yilgacha Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2013 yilda u Favqulodda va Muxtor elchi lavozimi bilan Belgiyaga yuborilgan. Shu bilan birga, 2014 yildan O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasini boshqargan, respublikaning Lyuksemburg va Niderlandiyadagi (qarorgohi Bryusselda) elchisi bo‘lgan. Vladimir Norov 2019-2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida ishlagan.
U 2021 yil 31 dekabr kuni Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Joriy yilning 27 apreldan beri Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Diplomat “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasiga ega. Ingliz va nemis tillarini biladi. Uylangan, uch farzandi bor.
Norov Tashqi ishlar vaziri lavozimida 2012 yildan beri tashqi aloqalarga mas’ul bo‘lgan Abdulaziz Komilov o‘rnini egalladi.
LiveBarchasi