Vladimir Norov nomzodi Tashqi ishlar vaziri lavozimiga ma’qullandi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2022
5741O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Vladimir Imamovich Norov nomzodini ma’qullashdi. Bu haqda deputat Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Vladimir Norov aprel oyi oxiridan beri Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajauvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
2019-2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida ishlagan. Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik darajasiga ega.
Norovga Tashqi ishlar vaziri vazifasi bajarish yuklatilishidan oldin u idoradan vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgandi.
LiveBarchasi