Vitse-prezident Trampni 25-tuzatish yordamida chetlatishdan bosh tortdi
Olam
−
13 yanvar 2021
3365AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens Prezident Donald Trampning lavozimidan chetlatilishiga qarshi chiqdi va Konstitutsiyaga 25-tuzatish kiritishdan bosh tortdi. Bu haqda u Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosiga yo‘llagan maktubida ma’lum qildi.
“Prezidentlik muddati yakunlanishiga atigi sakkiz kun qolgani sababli, siz va Demokratlar partiyasi mendan va Vazirlar mahkamasidan [vazirlardan] 25-tuzatishdan foydalanishni talab qilmoqdasiz. Bunday harakatlar mamlakatimiz manfaatlariga yoki Konstitutsiyamizga mos kelishiga ishonmayman”, deyiladi Oq uy tarqatgan maktubda.
Pensning fikriga ko‘ra, 25-tuzatish jazo va zo‘ravonlik vositasi emas hamda uni shu tarzda qo‘llash dahshatli pretsedent yaratadi. Vitse-prezident Kongressni jamiyatni yanada bo‘linishi yoki keskinlikning kuchayishiga olib keladigan harakatlardan qochishga chaqirgan.
“Kelinglar, qizg‘inni kamaytirish va saylangan Prezident Jo Baydenning inauguratsiyasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun mamlakatimizni birlashtirish yo‘lida birgalikda harakat qilaylik”, deb yozgan Pens.
LiveBarchasi