Virusning yangi shtammlari pandemiyaning yangi to‘lqinini keltirib chiqaradimi? JSST javob berdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa byurosi rahbari Xans Klyugega ko‘ra, COVID`ning yangi turlarini tarqalishi pandemiyaning yangi to‘lqinini yuzaga keltirmaydi. Bu haqda Ispaniyaning “Elpais” nashri yozmoqda.

Xans Klyugening e’tiroficha, virusning mutatsiyalashuvi (ya’ni, yangi sharoitlarga moslashuvi) potogenning odatiy evolyutsiyasidir.

Shuningdek u biz yana ham ehtiyotkorlikni yo‘qotmasligimiz kerakligini, yangi shtammlar qayta infeksiyalanishni keltirib chiqarishi va emlash samaradorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

“Biz haqiqatni aytishimiz kerak: 2021 yilda COVID -19 biz bilan qoladi, ammo vaziyatni oldindan bashorat qilish va boshqarish ehtimoli yuqori”, deb o‘z so‘zini yakunlagan mutaxassis.

Avvalroq, Buyuk Britaniya dunyoda koronavirusning 4 mingga yaqin turlari mavjudligini qayd etgandi. Shuningdek, virusning “britancha shtammi”da  o‘lim holati yuqoriligi ham ta’kidlangan edi.

Ushbu haftada JSST dunyoda koronavirus infeksiyasi tarqalishining sezilarli kamayganini bayon qildi. Mutaxassislarga ko‘ra, bu natijaga ommaviy emlash jarayonlari ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Ma’lumot o‘rnida, pandemiya boshlangandan buyon dunyoda 107 millionga yaqin inson koronavirus yuqtirgan, 2,3 milliondan ortiq bemorlar vafot etgan.

Dilnoza Axmatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing