Viruslar qurshovidagi dunyo. Zaif immunitetlilar qanday kurashishi kerak?
Biznes
−
13 dekabr 2021
7163Immunitet (lot. immunitas) bu organizmning boshqa begona hujayralar, virus, infeksiya va bakteriyalarga qarshi himoya mehanizmidir. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra, immunitet zaiflashishi mumkin. Bunday holatlarda organizm jiddiy xavf ostida qoladi. Turli kasalliklar, virus va infeksiyalarning tayyor o‘ljasiga aylanadi.
Immunitet pasayganligini qanday bilish mumkin?
Immunitet pasaysa, quyidagi belgilar namoyon bo‘ladi:
• tez-tez charchab qolish;
• charchoqning surunkali ravishda davom etishi;
• uyquchanlik yoki aksincha, uyqusizlik;
• bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riq;
• tez-tez shamollash, holsizlik;
• ishtaha susayishi;
• kasalliklarga chalinishning osonligi, tuzalish esa aksincha, uzoq vaqt talab etishi.
Lablardagi uchuqlar esa organizmda buzilish mavjudligini anglatadi va shoshilinch chora-tadbirlarni ko‘rishni talab qiladi.
Yosh bolalarda, ayniqsa, immun tizimi to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. 6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar immunitetini yaxshilashning eng yaxshi yo‘li, bu 1 yoshgacha bo‘lgan davrda ularni muntazam ona suti bilan oziqlantirishdir.
O‘smirlik (balog‘atga yetish) davrida, ayollarda, ayniqsa, tug‘ruqdan keyingi davrda va 45 yoshdan keyin immun tizimi jiddiy zaiflashadi.
Immunitet nega pasayadi?
Eng asosiy sabab – yomon ekologiya, ifloslangan suv, havo va boshqalar. Bundan 150 yil avval yashab o‘tganlar yaxshiroq ekologik muhitda hayot kechirgan. Shuning uchun ular derazani ochiboq shamollab qolishmagan, bir qultum sovuq suv ichib darrov anginaga chalinmagan. Immunitet zaiflashishiga, shuningdek:
• noto‘g‘ri ovqatlanish;
• doimiy tushkunlik va stresslar;
• hazm faoliyati bilan bog‘liq muammolar;
• noto‘g‘ri qo‘llanilgan parhez;
• kam harakat turmush tarzi;
• chekish va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish;
• surunkali uyqusizlik;
• me’yoridan ortiq tuz iste’mol qilish;
• ko‘p shakar iste’mol qilish va boshqalar ham sabab bo‘ladi.
Nima qilish kerak?
Qadimgi Sharq tabobatida organizmni kuchaytirishning asosiy vositasi sifatida qora sedanadan foydalanib kelishgan. Lekin, qora sedana achchiq ta’m va o‘tkir hidga ega ekanligi tufayli iste’molda va malhamlar tayyorlashda ancha noqulayliklarga sabab bo‘lgan.
Bugungi kunda ham qora sedana urug‘i va yog‘i Fransiya, Germaniya, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya va Arab mamlakatlarida dori vositalari sifatida keng qo‘llaniladi. 1992 yilda olib borilgan tadqiqotlar natijasida hind olimlari sedananing zamburug‘li va patogen bakteriyalarga qattiq qarshilik ko‘rsatishini turli vabo, o‘latlarga qarshi samarali vosita ekanini isbotladilar.
2021 yilda Sidney xalqaro universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida qora sedana va asal birgalikda iste’mol qilinganida, organizmda COVID 19 tarqalishiga to‘sqinlik qiluvchi antitanalar paydo bo‘lishi isbotlandi. Bu haqida “MedRxiv” (Tibbiyot sohasida olib boriladigan tadqiqotlarga homiylik qiluvchi xalqaro tashkilot) portalida e’lon qilindi. XXI asr uchun yangilik hisoblangan bu kasallik ham bundan 1,5 ming yil avval Payg‘ambarimizning: “Qora sedana o‘limdan boshqa har bir dardga davodir”, degan so‘zlarini inkor eta olmadi.
ALHADAYA qora sedana yog‘i
ALHADAYA – qora sedanadan tayyorlangan kapsulalar. Mahsulotni tayyorlash uchun Saudiya Arabistoni va Misrdan maxsus Oliy navli qora sedana donalari keltiriladi. Ichishga qulay, 100% tabiiy va halol. 100 MG ALHADAYA kapsulasi taribida 50 dan ortiq makro va mikro elementlar, faol qo‘shimchalar bo‘lib, immunitetni yaxshilashda, kasalliklarning oldini olishda, profilaktika maqsadida samarali ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa:
• tarkibidagi A vitamini – moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi;
• organizmning infeksiyalarga qarshi chidamliligini oshiradi;
• B va D vitaminlari immunitetni mustahkamlashda;
• organimzning tabiiy himoyasini kuchaytirishda yordam beradi;
• ishtahani yaxshilayda;
• tarkibidagi E vitamini, Magniy va Selen immunitet zaiflashishiga sabab bo‘luvchi hazm faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarda;
• bolalar gijja kasalliklarining oldini olishda samarali ta’sir ko‘rsatadi.
ALHADAYA qora sedana yog‘i
ALHADAYA kapsulalari organizmning immun tizimini mustahkamlashda samarali hisoblanadi.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati bepul. Mahsulotni topish uchun quyidagi ko‘rsatilgan telefon raqamlariga va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali murojaat qilish mumkin:
Telefonlar:
+99871 207 88 86
+99899 842 88 86
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
LiveBarchasi