Viloyat hokimi maktablardagi qing‘irliklar haqida gapirdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov shu yilning 22 avgust kuni viloyat Xalq ta’limi xodimlarining an’anaviy avgust anjumani yalpi yig‘ilishida maktablarda yolg‘onchilik va ko‘zbo‘yamachilik juda avj olganini, maktab direktorlari davlat tashkilotlaridan maktab uchun ajratilgan byudjet pullarini talab qila olmasligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Erkinjon Turdimov viloyat maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qoniqarli emasligini, buning uchun ma’sul bo‘lgan mutasaddilarning parvoyi falak ekanini aytdi.

“Moliya bo‘limlaridan juda qattiq talab qilish kerak, ular maktabni qishga tayyorlab berishi lozim. Ming afsuski hali ham ota-onalardan maktab uchun pul yig‘ishlar bor. O‘qituvchilarni ko‘chaga olib chiqib ishlatish bor. Bu bilan hokimga yaxshi ko‘rinmaysizlar“ dedi E.Turdimov 

Samarqand viloyati hokimi anjuman davomida maktablardagi kompyuterlarning o‘quvchilar tomonidan ishlatilmayotgani aytib, kompyuterlar ishlatilishi, buzilishi lozimligini aytadi.

“Maktablardagi kompyuterlar buzilishi kerak, chiroyli xonalarda tekshiruv kelganda ishlatilmasdan. Bolalar foydalanishi kerak, lozim!“deydi Turdimov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing