VII “Yil brendi 2023” mukofotining g‘oliblari e’lon qilindi

Biznes

image

2024 yilning 18-19 may kunlari “Humo Arena”da 25 ta nominatsiyada iste’molchilar va ekspert hay’ati tanloviga ko‘ra, “Yil brendi 2023” mukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

“MAKON Sotuvchilar Davri” biznes-forumi doirasida VII “Yil brendi 2023” mukofotining g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi o‘tkazildi. 
Har yilgi “Yil brendi” mukofoti – bu O‘zbekiston marketing uyushmasining sovrini bo‘lib, u 2024 yilda yettinchi marta o‘tkazilmoqda.

“Yil brendi” mukofotining maqsadi – mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlagan eng yaxshi marketing jamoalari va ekspertlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlik sohasini, O‘zbekiston marketing va reklama xizmatlari bozorining infratuzilmasini rivojlantirish.

Mukofot natijalari O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra har yilgi O‘zbekiston brendlar va agentliklar reytingida aks etadi.

O‘tgan yilda bo‘lgani kabi, bu yil ham iste’molchilarning ochiq ovoz berishi @makon_brand_bot Telegram-botida o‘tkazildi. To‘rt hafta davom etgan ovoz berishda 350 ming nafar iste’molchi qatnashdi, ular 25 ta nominatsiyada 285 ta brendga ovoz berdi.

“Yil brendi 2023” mukofotida 25 ta nominatsiyaning har biridagi g‘oliblardan tashqari, marosimda “O‘zbekistonda marketing va reklama rivojlanishidagi xizmatlari uchun”, “O‘zbekistonda marketing rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”, “Marketing sohasida davlat tilidagi faol ma’rifiy faoliyati uchun”, “Yil kashfiyoti” kabi maxsus sovrinlar ham taqdim etildi.

VII “Yil brendi 2023” mukofotining g‘oliblari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made