Twitter videotranslyatsiyaga mo‘ljallangan dasturini ishlashdan to‘xtatadi
Texnologiya
−
16 dekabr 2020 3376 1 daqiqa
Videotranslyatsiya uchun mo‘ljallangan Periscope dasturi 2021 yilning 31 martida ishlashdan to‘xtaydi. Bu haqda ushbu xizmatga egalik qiluvchi Twitter kompaniyasi saytida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, Periscope mashhurlikka erisholmagani sababli yopilmoqda.
"Gap shundaki, Periscope uzoq vaqtdan beri beqaror texnik rejimda edi. So‘nggi ikki yil ichida biz foydalanishda pasayishni kuzatdik", deyilgan xabarda.
Dastur mart oyida yopilguniga qadar, periscope.tv/periscopeco saytida faqatgina arxiv translyatsiyalarni ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Twitter Periscope'ni 2014 yilda sotib olgan. Xizmat 2015 yili ishga tushirilgan.
Live
Barchasi