Videobloger Makgregorga 50 mln dollarlik jang taklif qildi

Sport

−

image

Videobloger va bokschi Jeyk Pol irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregorni jangga chorladi. Bloger o‘zining Instagram sahifasida shunday bayonot bilan chiqqan. 

Pol jang uchun Makgregorga 50 million dollar taklif qilgan. 

Unga ko‘ra, uchrashuv 84 kg vazn toifasida, har biri uch daqiqadan iborat sakkiz raundlik boks uchrashuvi ko‘rinishida o‘tkaziladi.

Agar shartnoma tuziladigan bo‘lsa, jang bitim imzolanganidan keyin, 180 kun ichida o‘tkazilishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor 2021 yilning 23 yanvar kuni UFC 257 turniri doirasida Dastin Pore bilan jang o‘tkazadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

347

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar