O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tashkil etiladi
Jamiyat
−
12 yanvar 2020
7288O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari faoliyatini tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida:
Moliya vazirligi markaziy apparatida Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash Departamenti tarkibida 8 ta shtat birligidan iborat Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish boshqarmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tuzilmasida 2 shtat birligidan iborat Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalarini boshqarish sektorlari tashkil etiladi.
Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda har yili 1 fevralga qadar hududiy maqsadli jamg‘armalar hisobidan moliyalashtiriladigan joriy yil uchun Mintaqaviy yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish, to‘la va joriy ta’mirlash loyihalarining manzilli dasturlarini tasdiqlaydi va unga o‘zgartirishlar kiritadi.
LiveBarchasi