9 ta tumanda DSI boshliqlari ishdan ketdi
Jamiyat
−
08 fevral 2020
11624Davlat soliq qo‘mitasida 2019 yil sarhisobi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, davlat soliq xizmati organlarining 2020 yildagi strategik vazifalariga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar o‘tkazildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil respublikada soliq tushumlari 154 foizga oshgan. Bu borada eng yaxshi natijaga Navoiy (186 foiz) va Xorazm (165 foiz) viloyatlari erishgan.
Mamlakatdagi 200 ta davlat soliq inspeksiyasidan 136 tasida (68 foiz) tushumlarning o‘sish darajasi respublika ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lishiga erishildi.
Seminar davomida 31 ta davlat soliq inspeksiyasi byudjet tushumlarining maksimal hajmi va yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, 9 ta tuman: Sayxunobod, Dehqonobod, Narpay, Xo‘jaobod, Baliqchi, Qumqo‘rg‘on, G‘uzor, Forish va Romitan tumanlari DSIlari eng past ko‘rsatkichlarni qayd etgan va belgilangan vazifalarni bajara olmagan. Ularning rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
"Tadbirda tayinlovlar ham e’lon qilindi. Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparati xodimlaridan 7 nafari yangi lavozimlarga tayinlandi. Yana 9 nafar xodim esa hududiy davlat soliq organlarida turli lavozimlarga tayinlandi", deyiladi xabarda.
Seminar davomida 2020 yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilab olindi.
LiveBarchasi