Video: Samarqandda yangi yil archasi quladi 

Jamiyat

Samarqand shahrida 20 dekabrdan 21 dekabrga o‘tar kechasi esgan kuchli shamol tufayli qator reklama pannolari, ko‘rgazmali vositalar o‘rnatilgan joyidan tushib ketishi, yirtilishi kabi holatlar kuzatildi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, So‘lim shaharchasi va boshqa ba’zi hududlarda bezatilgan bayram archalari asosi egilib, ularga shikast yetgan. Ayni paytda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, archalar karkaslarini ta’mirlash maqsadida demontaj ishlari olib borilmoqda. 

Kun davomida Yangi yil archalari ta’mirlanib, o‘z o‘rnida qayta o‘rnatiladi va madaniy tadbirlar dastur asosida davom ettiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing