Xitoy kompaniyasi Chendu – Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Jamiyat

image

Bugun, 10 yanvar kunidan e’tiboran Xitoyning Zhejiang Loong Airlines aviakompaniyasi Chendu – Toshkent yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu yo‘nalishda aviakompaniya parvozlarni haftasiga uch marotaba amalga oshirishi rejalashtirilgan. Chendu – Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirgan Zhejiang Loong Airlines aviakompaniyasining reysi bugun mahalliy vaqt bilan soat 18:10 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 27 sentyabr kunidan e’tiboran Xitoyning mazkur aviakompaniyasi Sian shahridan Toshkentga charter reyslarni amalga oshirishni boshlagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar