VGIKning O‘zbekistondagi filiali ochildi

Biznes

image

Bugun Kinematografiya agentligida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti(VGIK)ning Toshkent filiali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Olga Yarilova, VGIK rektori Vladimir Malishev va boshqa kinomutaxassislar ishtirok etishdi. 

Filialda talabalar "dramaturgiya" va "kinoprodyuserlik" yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishadi. Kinematografiya agentligi hududida VGIK filiali uchun alohida bino ajratilgan bo‘lib, kelajakda filial faoliyati yanada kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Kelgusi yil Kinematografiya agentligi binosida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va taniqli kinoijodkorlari bilan muloqot uchun media markaz ochish belgilangan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil sentyabr oyida VGIK bilan hamkorlikni rivojlantirish tashabbusini bildirgan edi. Shu yilning o‘zida Rossiyada o‘tkazilgan O‘zbekiston kino kunlari doirasida Kinematografiya agentligi va VGIK o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 2020 yilda yettita talaba Rossiya universitetiga o‘qishga kirgan bo‘lsa, joriy yilda talabalar soni o‘n beshtaga yetdi.


 
VGIKning Toshkent filiali ochilishi O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tdi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing