Vestminsterga $10,2 mingga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada fuqaroni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga 10 200 AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrida fuqaro A.A. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning qizini 10 200 AQSH dollari evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Talab qilingan puldan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida fuqaro A.A. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Oqoltin tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.O‘. boshqa bir fuqaro O‘.ni tanishlari yordamida Toshkent moliya institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing